Новости

Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Toyloq tumani Kengashi raisi D. Ulug‘boyeva, 12-Navzandak saylov okrugi deputati D. Sanayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari G. Rajabova va Sh. G‘afforovlar Shopulot mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va oliy ta’limga qamrovini oshirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash, ajrim yoqasidagi hamda notinch oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va yechimlar ishlab chiqilib, mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi. Bu kabi o‘rganishlar mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2