Новости

Chorvachilik loyihalari aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda

📌Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F. Rahmatov hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari tomonidan Baxshitepa mahallasidagi chorvachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyiha o‘rganildi. Uchrashuv davomida gidroponika usulida ozuqa yetishtirish va go‘sht yo‘nalishidagi zotdor chorva mollarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

📌Uchrashuvda loyihani yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini oshirish masalalari muhokama qilinib, sohani kengaytirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7