Новости

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Nurobod tumanidagi 15-Oqsoy saylov okrugida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi raisi I.Botirov, viloyat Kengashi deputati A.Muratov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Hakimovlar hamkorligida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov ham ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish hamda fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokamalar olib borilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilanishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4