Новости

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1–9-sonli ko‘p qavatli uylarning joriy ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari talab darajasida emasligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborilib, mas'ul tashkilotlar ishtirokida muammolarni joyida o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddatda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashiga yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 2