Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Yig‘ilishni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov olib bordi.
♾Yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar hamda berilgan topshiriqlarning ijrosi tahlil qilinib, joylarda olib borilayotgan faoliyatning sifati, natijadorligi va vazifalarga to‘g‘ri yondashuv asosida ishlar tashkil etilayotgani muhokama qilindi.
👍 Muhokamalar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Sessiya kun tartibiga kiritilgan hisobot va axborotlarni deputatlar hamda ijro organlari vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish;
🔹 Deputatlar kundaligi (ish daftari)ni yuritish va amalga oshirilgan ishlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;
🔹 Doimiy va muvaqqat komissiyalar vakolatlari doirasida olib borilayotgan kunlik ishlar holati;
🔹 Qonunlar ijrosi yuzasidan savolnomalar asosida o‘rganishlar tashkil etish hamda natijalarini foto va ma’lumotlar bilan yoritib borish;
🔹 Deputatlarni korxona va tashkilotlarga biriktirish hamda hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini oshirish;
🔹 Namunaviy doimiy komissiya qarorlarini sifatli tayyorlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish;
🔹 Kotibiyat xodimlarining saylov okruglarida olib borayotgan amaliy faoliyati.
🤔Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlar ijrosini kuchaytirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam axborot berib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.