Новости

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Irgashev

#deputat_sorovi

⌛Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Irgashev tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalasi yuzasidan tumanning tegishli tashkilotlariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

⌛Mazkur so‘rovda hududlarni rivojlantirish, shaharsozlik hujjatlari ijrosini ta’minlash, qurilish va infratuzilma sohasida tizimli yondashuvni kuchaytirish hamda zamonaviy shaharsozlik talablariga mos sharoitlar yaratish masalalari alohida qayd etildi.

⌛Shuningdek, hududiy rivojlanish dasturlarini samarali amalga oshirish orqali aholi uchun qulay va barqaror yashash muhitini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram