Новости

Deputatlik nazorati doirasida o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala — tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisoboti yuzasidan Lolazor mahallasida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahalla fuqarolari va chorvadorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, veterinariya xizmatlarining holati, chorva mollarini parvarishlash va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, shuningdek, sohada mavjud muammo va takliflar atroflicha o‘rganilmoqda.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tahlillar shakllantirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar sessiya muhokamasiga kiritiladi.

Maqsad — sohada samaradorlikni oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlash.

Slide 1 of 1