Новости

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi faoliyati, deputatlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda Kengash binosining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida viloyat Kengashi kotibiyat mudiri S.Usmonov va mutaxassis U.Tolliboyev tomonidan Kengashning joriy faoliyati, ish yuritish tizimi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda binoning moddiy-texnik ta’minoti yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, Kengashga qurish rejalashtirilgan yangi bino loyihasi va unga ajratiladigan xonalar loyihasi bilan tanishishdi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar uchun qulay ish muhitini yaratish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5