Новости

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 11-iyun ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov, kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulovalar tomonidan Birlashgan mahallasida homiylar tashabbusi bilan barpo etilayotgan yangi zamonaviy poliklinika qurilish ishlari yaqindan o‘rganildi.
Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, obyektda olib borilayotgan ishlar sifati hamda aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, poliklinika faoliyatga topshirilgandan so‘ng mahalla aholisining birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash, obyektni zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur ezgu tashabbus mahalla aholisining salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va hudud ijtimoiy infratuzilmasini yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 5