Новости

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili B.Suyunov tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tadbirkor ayollar bilan muloqot qilinib, ularning ish sharoitlari, mavjud imkoniyatlari hamda faoliyatni yana-da kengaytirish borasidagi taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularning iqtisodiy faolligini yana-da oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1