Новости

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga vazifalar belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy hal etilishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3