🔸 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda shahar Kengashi deputati G.Anorboyevalar tomonidan 6-“Z.M.Bobur” saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish davomida “Bobur” MFY “yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda hududdagi “Tinchlik-1” ichki ko‘chasini 250-metr uzunlikda asfalt qilish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida mazkur yo‘lni taʼmirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.