Новости

Deputat so‘rovi natija berdi: Bog‘cha faoliyatiga doir muammo ijobiy hal etilmoqda

Yaqinda tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi Saylixan Muratbayeva tomonidan hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) faoliyatiga doir dolzarb masala yuzasidan mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov yuzasidan rasmiy javob xati olindi. Eng muhimi, deputat aralashuvi va so‘rovda ko‘tarilgan masalalar asosli o‘rganilishi natijasida hudud aholisini qiynayotgan muammo ayni damda ijobiy hal etilmoqda.

Deputatlarimiz tomonidan joylardagi ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini yaxshilash va saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar qat’iy davom ettiriladi.

Slide 1 of 4