Toyloq tumanida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati B.Xamrayev tomonidan
10-Payshanbasiyob vakant saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori asosida "Payshanbasiyob" mahallasida qurilayotgan QPP da amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, belgilangan rejalarning sifatli bajarilishi va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Asosiy maqsad: Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdir.
Deputat nazorati jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijro muddati nazoratga olindi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook