Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qilayotgan yoshlar xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istaklari, ijtimoiy muammolari hamda taklif va tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.