Новости

ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA

📌 O‘rganish obyekti — jamiyat tomonidan Xorazm viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun taklif etilayotgan yangi tariflar (narxlar) bo‘ldi.

📊 Dastlabki o‘rganish davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

✍️ Yangi taklif etilayotgan tariflarning iqtisodiy jihatdan qanchalik asoslangani;

Suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish rejalari;

💰 Narxlar o‘zgarishining aholi va tadbirkorlik subyektlari budjetiga ta’siri.

Mazkur masala Kengash kotibiyati vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda dastlabki tarzda atroflicha tahlil qilindi.

📌 Xizmat ko‘rsatish tariflari bo‘yicha yakuniy xulosa va qarorlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalari hamda sessiya muhokamalaridan so‘ng qonuniy tartibda qabul qilinadi.

Slide 1 of 3