Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev, J.Mamadaliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Bo‘ston mahallasi hududida joylashgan 9-sonli umumta'lim maktabida o'rganishlar olib borildi.
O'rganish jarayonida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali o'tkazish, to'garaklar faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.