Новости

“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi

“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi

✔️ “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Olmazor tumani "Zamondosh" MFY “G‘alaba bog‘i” hududida Olmazor tumani hokimligi va O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-Gulzor saylov okrugi O‘zLiDeP partiya deputati To‘rabek Nazarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova ishtirok etdi.

📎 Sayyor qabulda fuqarolarning bandlik, xizmat, tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalariga oid murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarining ayrimlari joyida hal etilishi  bo‘yicha mas’ullar ishtirokida amaliy ishlar amalga oshirilib, ular uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi.

💡Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor va samarali hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5