Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 8-Uzunqishloq saylov okrugidan saylangan deputati Odiljon Omonov tomonidan tumandagi 48-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganish jarayonida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik va turli to‘garaklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilish holati o‘rganildi.