Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Uzunqishloq mahallasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati M. Sultonova hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugidan saylangan deputati A. Dadajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–350-sonli Qonuni talablari asosida Uzunqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 👨💼 O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar yig‘inlari qarorlari ijrosini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil qilindi.