Новости

Qonun ijrosi – deputatlik nazorati markazida

Qonun ijrosi – deputatlik nazorati markazida

O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi №O‘RQ-940-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan o‘z saylov okrugida (G'allakon MFY) da o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat ta’kidlaganidek, energiya resurslarini tejash – bu nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat resurslaridan oqilona foydalanish va kelajak avlodlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2