Новости

Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida

Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 662-II-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda fermer xo‘jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov o‘z saylov okrugida nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirdi. Mazkur Qonun fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, huquq, majburiyatlari, yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘rganishlar davomida fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli, samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish,suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.

Slide 1 of 4