🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI
#24_ta_masala
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 3-"Saroy" saylov okrugidan saylangan deputati O. Allaberdiyev hamda deputatga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov tasdiqlangan hamkorlik grafigi asosida "Saroy" mahallasining Kuba ko‘chasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
✅Tashrif davomida mahalla raisi ishtirokida hudud infratuzilmasini rivojlantirish doirasida elektr uzatish ustunlarini o‘rnatish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
✅Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilinib, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Fuqarolar uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan bunday amaliy ishlar doimiy nazoratda olib borilmoqda.