Новости

🔰Xalq bilan muloqot.

🔸Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida, Jizzax viloyati Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

🔸Ochiq muloqotda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati mudiri M.Adilova hamda tegishli tashkilot va korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

🔸Qabul davomida shahar aholisining kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, bandlik va infratuzilmani yaxshilashga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muammolarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

Slide 1 of 4