Новости

Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi

Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda Alamli mahallasidagi ko‘chalar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish hamda aholining kundalik turmushini yengillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan ko‘chalarning mavjud holati tahlil qilinib, zarur joylarda ta’mir ishlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mahalladagi bir nechta ko‘chalarga asfalt qoplamasi yotqizish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa aholi uchun qulaylik yaratib, transport harakati va piyodalar qatnovini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2