Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, bosh mutaxassis F.Malikova hamda doimiy komissiya a'zosi Z.Islomovlar ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan moliyaviy hulosalar yuzasidan muhim muhokama bo'lib o'tdi.
📊 Mazkur jarayonda tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari B.Vorisov bilan atroflicha fikr almashildi, taqdim etilgan moliyaviy ko'rsatkichlar chuqur tahlil qilindi hamda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
🤝 Uchrashuv davomida hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qiluvchi muhim masalalar ko'rib chiqilib, samarali qarorlar qabul qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Yakunda kun tartibidagi masalalarni puxta va sifatli tayyorlash, sessiyada har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilinishini ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.