Новости

Deputat faoliyatidan

Qoratepa mahallasida qonun ijrosi va mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Kengash kotibiyati mudiri R. Magripova tomonidan Qoratepa mahallasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi, mahalla tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.

Slide 1 of 1