Новости

Dolzarb 90 kunlik” doirasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida xotin-qizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar uchun mavjud bepul o‘quv kurslari, kasb-hunar egallash imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.