Новости

Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari bo‘yicha - biriktirilgan hududlarda investitsiyalar bo‘yicha holatni o‘rganish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputati, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamshid Karimov Jurjoniy mahallasi hududida joylashgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lib, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda investitsiya loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ham ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida hududdagi qurilish ishlari, ishlab chiqarish obyektlarining tayyorgarlik darajasi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, oqova suv va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🏢 Mazkur sanoat zonasida "Ray of Night" MCHJ, "Action Group" MChJ, "Uchtepa ayollar kasb-hunar monomarkazi" MChJ, "Sardor Max Tech" MChJ, "Inno Max Plus Shaxboz" MChJ, "Inkent Stuf Buildings House" MChJ hamda "Steel Metall Prof" MChJ tomonidan jami 187,5 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichga yetib, binolarni pardozlash hamda zamonaviy texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

📇 Loyihalar to‘liq foydalanishga topshirilgach, 232 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, yiliga 55 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi, 20 million AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilishi hamda davlat budjetiga qo‘shimcha 7 milliard so‘m soliq tushumlari ta'minlanishi rejalashtirilgan.

🧠 O‘rganish yakunida investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda yakunlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini to‘liq ishga tushirish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6