Новости

Mang‘itobod mahallasida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisobotlari kiritilgani munosabati bilan Mang‘itobod MFYida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaat va takliflari qabul qilindi. Bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilab olindi.

Bunday o‘rganishlar sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisobot yuzasidan xulosa shakllantirish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3