Новости

Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva hamda tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Termiz tumani Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan statistik ma’lumotlarni shakllantirish, ularning ishonchliligini ta’minlash, hisobotlar yuritilishi hamda aholi va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasida tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga ko‘maklashish ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4