Новости

Yangiobod MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Yangiobod MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov, deputat O‘.Omonov hamda tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov bilan birgalikda Yangiobod MFYda mahalla “yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalla rivoji va aholi farovonligi yo‘lidagi ishlar doimiy nazoratda.

Slide 1 of 7