Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Istiqlol mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati H. Hamroyevaga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi. Unda qonun talablarining amaliy ijrosi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud holat yuzasidan tahlillar o‘tkazildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati