Новости

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Qurbonov, tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi hamda 14-Yangiobod saylov okrugi deputati Dilbar Karimova tomonidan Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish davomida hududdagi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarning huquqiy holati, fuqarolarning hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi o‘rganildi.

🤝 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan:

✅ yer uchastkalarini qonuniylashtirish masalalari

✅ huquqlarni e’tirof etish tartibi

✅ kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolar

✅ murojaatlarni ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

✍️ Qonun ijrosi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

💠 Fuqarolarning yer va mulk huquqlarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yer munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Slide 1 of 2