Новости

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appaqov, X. Xolmatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh. Yusupov va O. Olimjonovlar Andijon shahridagi “Taraqqiyot” MFYda bo‘lishdi.

Tashrif davomida deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim bilan suhbatlashdilar. Muloqotda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, infratuzilmani yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla raisi va mahalla yettiligi a’zolariga hamkorlikda, yelkama-yelka turib ishlash hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 4