O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda manzilli ishlash tizimini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.