Qonunning maqsadi
🟢Qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, inqirozli vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.
💬 Asosiy qoidalar:
🟢Psixologik yordam:
ruhiy salomatlikni yaxshilash;
shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish;
shaxsning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
inqirozli holatlarning oldini olish maqsadida ko‘rsatiladi.
🟢Psixologik yordam:
davlat va nodavlat tashkilotlari psixologlari tomonidan;
xususiy tartibda faoliyat yurituvchi mutaxassislar tomonidan;
bepul yoki pullik asosda ko‘rsatilishi mumkin.
💬 Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
💬 Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning psixologik salomatligini saqlash va sog‘lom muhit yaratish maqsadida psixologik yordam tashkil etiladi.
💬 Maxfiylik kafolati:
Psixologga murojaat qilganlik fakti, suhbat davomida olingan ma’lumotlar va natijalar psixologning kasbiy siri hisoblanadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
💬 Javobgarlik:
Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan bunday faoliyatni amalga oshirish yoki qonunchilik talablarini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
💬 Qonunning ahamiyati:
Aholining ruhiy salomatligini mustahkamlaydi;
Psixologik xizmatlar sifatini oshiradi;
Psixolog kasbining huquqiy maqomini belgilaydi;
Yoshlar va aholining ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi.