Новости

DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borilib, fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, deputat N.Murodova tumandagi Qo‘rg‘oncha mahallasida bo‘lib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurdi hamda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaat yuzasidan zarur choralar ko‘rilib, masala amaldagi tartibda ijobiy hal etildi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1