Mavsumiy agrotexnik tadbirlar belgilangan reja asosida, sifat va samaradorlik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etilmoqda.
Jarayonni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bobur Pardaev hamda mas’ul idora vakillari dalalarda bo‘lib, g‘alla o‘rimining borishi, texnika ta’minoti va ishlar sifati bilan tanishdilar.
Mas’ullar tomonidan hosilni o‘z vaqtida va nobud qilmasdan yig‘ib olish, texnikalardan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Fermer xo‘jaligi mehnatkashlari tomonidan o‘rim-yig‘im ishlari jadallik bilan olib borilib, mavsumni uyushqoqlik bilan yakunlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati