Новости

#Infografika_deputatlar_faoliyati

🔹2026-yilning may oyi yakunlariga koʻra, Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman miqyosidagi masalalar yuzasidan jami 100 ta deputatlik soʻrovi yuborildi.

🔹Mazkur soʻrovlarning 81 tasiga belgilangan tartibda javob olingan boʻlib, ijro samaradorligi koʻrsatkichi 81 foizni tashkil etdi.

🔹Yuborilgan soʻrovlarning yoʻnalishlar boʻyicha tahlili eng koʻp murojaat, yaʼni 37 foizi yoʻl va asfalt yotqizish masalalariga tegishlidir.

🔹Shuningdek, soʻrovlarning qolgan qismi ichimlik suvi taʼminoti (16%), taʼlim (13%), elektr energiyasi (10%), gaz taʼminoti (5%) hamda boshqa ijtimoiy masalalarni hal etishga yoʻnaltirildi.

🔄Hozirgi vaqtda yuborilgan soʻrovlarning 10 tasi mutasaddi idoralar tomonidan koʻrib chiqish jarayonida.

Slide 1 of 3