"Yulduz" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati I.Shatova shahardagi “Yulduz” mahallasida bo‘lishdi.
⏺Uchrashuv davomida mahalladagi xotin-qizlar faolining bugungi kundagi ish faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha va tahliliy ko‘rib chiqildi.
💬 Xususan: 🟢“Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar va ularning muammolarini hal etish darajasi; 🟢Mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish ko‘rsatkichlari; 🟢Ajrim yoqasiga kelib qolgan va muammoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar holati o‘rganildi.
▶️Tahlillar natijasida faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar, murojaatlar bilan ishlashdagi sustkashliklar va hisobotlarni yuritishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlandi.
💬 Deputatlar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli va dildan muloqot qilish, xotin-qizlar faolining mahalla hayotidagi rolini oshirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va zarur tavsiyalar berdilar.