🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda loyihachi tashkilotlar vakillari ishtirokida shahar hududidagi eski zaxkashlarni yopiq drenaj tizimiga aylantirish masalasi muhokama qilindi.
📊Loyiha doirasida bo‘shayotgan hududlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi maydonlar ajratish hamda aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish rejalashtirilmoqda.
✅Mazkur tashabbus shahar infratuzilmasini yaxshilash, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.