Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi oldidan Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, deputatlarning faoliyati, deputatlik etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, Kengash ishini samarali tashkil etish hamda sessiyani yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.