Новости

#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Jumladan, “Qoratepa” MFYda joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hasharlar tashkil etilib, hududlarni chiqindilardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar aholi uchun munosib ziyoratgoh muhitini yaratish, muqaddas qadamjolarning obodligi va ozodaligini ta’minlash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ulariga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10