1-iyun – 5-iyun kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 01.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugida ijtimoiy loyihalarning bugungi kundagi holati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning borishini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 02.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ekologik partiya guruhi tomonidan “Atrof-muhitni asrash, ekologik holatni yaxshilash” mavzusida yig‘ilish tadbiri o‘tkaziladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov
🔹 03.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutahassisi D.Xodjanov tomonidan “Qushchilik” MFY hududida ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tunda yoritilishi o‘rganiladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 04.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibaevna “Jayxun” MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov
🔹 05.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich “Obod makon” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov