Новости

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari A.Dadajonov va D.Valiyeva tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik holati hamda ovqatlanish sifati o‘rganilmoqda. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida muassasalardagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in xavfsizligi vositalari, oshxona faoliyati hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

👨💼Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — bolalarning xavfsiz va sog‘lom muhitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 4