Новости

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Hamzayev, tuman hokimining birinchi o’rinbosari E.Toshpulatov hamda bozor ma’muriyati tomonidan tumanidagi dehqon bozorida arzonlashtirilgan bozor rastalari ko‘zdan kechirildi.

 Kosonsoy tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining kundalik iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda, eng muhimi, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash yo‘lida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Hamzayev bir qator mas’ullar bilan birgalikda tumandagi dehqon bozorining umumiy holati bilan tanishib, tadbirkorlar va xaridorlar bilan bevosita muloqot qildi.

🍖 Deputatlar rastalardagi savdo sharoitlarini, mahsulotlarning sifati, ularning saqlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini o‘rgandilar. Ayniqsa, narxlarning xalqchil va hamyonbopligiga, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun mazkur mahsulotlarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratdilar.

🛒 Bozordagi o‘rganish davomida nafaqat go‘sht mahsulotlari, balki tuxum, sabzavot-poliz ekinlari, meva-cheva va boshqa kundalik iste’mol tovarlari narxlari ham tahlil qilindi. Xususan, o‘rganishlar natijasida nazorat tahlil xonalarini yangi jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar olindi.

Slide 1 of 3