O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar hamda kundalik ehtiyojlari yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, murojaatlarni qonuniy hal etish va aholiga yaqindan ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratda bo‘lishi va ularga bosqichma-bosqich yechim topish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.