Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-sonli oilaviy poliklinika filialida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda fuqarolarni bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan dorilar ta’minoti, ularning aholiga yetkazilish tartibi va mavjud ehtiyojlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4