Новости

Последние новости

Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi A.Baxodirxonov tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida “Nurafshon” MFY Firdavsiy ko‘chasi 18-uyda yashovchi tadbirkor Ortiqov Akmaljon faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida unga muzlatkich ajratilgan bo‘lib, kelgusida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish orqali faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilab olindi.

Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mahalladagi yoshlar muammolarini manzilli hal etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2